«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 31 № 6 (2025)
TOJIKISTON TEMIRYO‘L TASHKILOTI VA UNING FAOLIYATI TARIXI
Radjabov, Ozodbek
Аннотатсия
<p><em>Mazkur maqolada Tojikiston Respublikasida temiryo‘l tizimining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, shuningdek, “Tojikiston temiryo‘llari” davlat tashkilotining mustaqillik yillaridagi faoliyati tarixiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – Tojikiston temiryo‘llarining transport infratuzilmasidagi o‘rni, uning iqtisodiy va geosiyosiy ahamiyatini aniqlashdir. Tadqiqot metodlari sifatida tarixiy-tahliliy, qiyosiy va statistik yondashuvlar qo‘llanildi. Arxiv hujjatlari, hukumat qarorlari, rasmiy statistik ma’lumotlar hamda xalqaro ekspertiza asosida tahlillar olib borildi. Natijalarga ko‘ra, temiryo‘l tizimi Tojikiston iqtisodiy aloqalari va tashqi savdosi uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qilgani, ayniqsa, tranzit rolining ortib borayotgani aniqlangan. Xulosa o‘rnida, transport infratuzilmasini zamonaviylashtirish, qo‘shni davlatlar bilan integratsiyani chuqurlashtirish va logistika samaradorligini oshirish dolzarb vazifa ekani ta’kidlanadi.</em></p>
Tojikistontemiryo‘ltransport infratuzilmasitranzitlogistikamustaqillikiqtisodiy rivojlanishmintaqaviy integratsiyadavlat siyosatiyuk tashish
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.