«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 6 (2025)
VENGRIYA VA TURKIY DUNYO: TARIXIY BOG‘LANISH VA ALOQALARI
Muzaffarov, Muhammadaminxon
Abstract
<p><em>Milodiy V asrda hozirgi Osiyo hududlaridan kelgan hunlar Atilla boshchiligida Yevropa tomon yo‘l olishadi. Ular Konstantinopol shahrini egallab, Vizantiya imperatorlarini katta miqdorda o‘lpon to‘lashga majbur qilishadi. Keyinchalik Atilla Galliya (hozirgi Fransiya)da G‘arbiy Rim imperiyasi qo‘shinlari bilan to‘qnash keladi. Oradan ko‘p o‘tmay hunlar Italiyaga ham kirib borishadi. Atilla Rim papasi bilan uchrashgach, Rimga yurishni to‘xtatadi. Hunlar armiyasi Italiyadan qaytishda Markaziy Yevropada to‘xtab, shu еrda doimiy yashash uchun joylashadi. Lotin tilidagi “Hungaria” (ingliz tilida “Hungary”) nomi aynan hun xalqining nomidan kelib chiqqan bo‘lib, bugungi Vengriya davlatining nomiga asos bo‘lgan. Vengriya ilmiy va siyosiy qatlamlari asrlar davomida o‘z turkiy ildizlarini eslab yashagan, turkiy xalqlar bilan aloqalarni saqlashga intilgan. Biroq geografik masofa bu aloqalarni rivojlantirishni murakkablashtirgan. Shuningdek, Sharqdan kelib chiqqan hunlar bir vaqtlar Rimga tahdid solganligi sababli, ularning avlodlari Yevropada begonalik bilan qarshi olingan.</em></p>
MojoristonTurkiy xalqlarHunlarUrug‘ nomlariOnogurSharqiy Yevropa migratsiyasiLingvistik o‘xshashlikFin-ugor tillariEtnogenezXazar xoqonligi
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.