«FarDU ilmiy xabarlari» 31-tom 6-san (2025)
TARJIMA JARAYONIDA MILLIY O‘ZIGA XOSLIKNI SAQLASH MASALALARI
Nurdinova, Fotima
Annotaciya
<p><em>Ushbu maqolada tarjimada milliy o‘ziga xos so‘zlarni yetkazish hamda muallifning individual uslubini to‘liq aks ettirishga xizmat qiluvchi asosiy tarjima prinsiplari ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda milliy-madaniy birliklarni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar, ularning ekvivalentini topish, milliy rang-baranglikni saqlash va o‘quvchi uchun tushunarli tarzda yetkazish masalalari batafsil ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot doirasida Mirzakalon Ismoiliyning “So‘na” asari tarjima obyekti sifatida tanlanib, undagi milliy realiyalar, leksik birliklar, obrazli ifodalar va muallifga xos stilistik vositalarning boshqa tilga o‘tkazilishiga oid amaliy misollar keltirilgan. Shuningdek, tarjimaning adekvatlik, ekvivalentlik, moslashtirish va izohli tarjima kabi metodlari qo‘llanish samaradorligi baholanib, milliy xususiyatlarni to‘g‘ri yetkazishning eng maqbul usullari yuzasidan xulosalar chiqarilgan.</em></p>
badiiy asarpredmetmuallif uslubitarjima tamoyillariadekvat tarjimaekvivalentlikmoslashtirish (adaptatsiya)izohli tarjimamilliy shaklmilliy-madaniy xususiyat
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.