«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 31 № 6 (2025)
TIL VA NUTQ TUSHUNCHASI
Yusupov, Islombek
Аннотатсия
<p><em>Mazkur</em><em> maqolada til va nutq tushunchalari o‘rtasidagi nazariy farqlar hamda ularning lingvistik tadqiqotlarda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Mualliflar til – ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida jamiyat a’zolari uchun umumiy bo‘lgan abstrakt belgi va qoidalar tizimi ekanligi, nutq esa ushbu tizimning individual va aniq namoyon bo‘lish jarayoni ekanligini ilmiy adabiyotlar asosida yoritadilar. Til va nutqning F. de Sossyur tomonidan asoslangan dixotomiyasi [6], shuningdek, N.Chomskiy tomonidan kiritilgan “kompetensiya” va “perfomans” tushunchalari tahlil qilinib, lisoniy birliklarning til va nutq bosqichlaridagi ko‘rinishlari (fonema – tovush, leksema – so‘z va hokazo) misollar bilan ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, hazrat Alisher Navoiy asarlarida til va nutq mohiyatining o‘ziga xos talqini va zamonaviy lingvistik tadqiqotlar nuqtayi nazaridan mazkur tushunchalarning ahamiyati muhokama qilinadi. Maqolada til va nutqning bir-biriga uzviy bog‘liqligi ta’kidlanib, nazariy va amaliy tilshunoslikda ularni alohida-asosiy jihatlar sifatida tadqiq etish zarurligi ilmiy asoslanadi.</em></p>
languagespeechlanguage–speech dichotomylinguistic unitspeech unitcompetenceperformance.языкречьдихотомия «язык–речь»
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.