«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 6-son (2025)
TILSHUNOSLIKDA NUTQ ONTOGENEZINING PSIXOLINGVISTIK TADQIQI VA UNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Davlatova, Hulkaroy
Annotatsiya
<p><em>Mazkur tadqiqot tilshunoslikda nutq ontogenezini psixolingvistik nuqtayi nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda nutq qobiliyatining shakllanishi, rivojlanishi va shaxs tilida yuz beradigan yoshga oid o‘zgarishlarni ilmiy asosda tahlil qilish maqsad qilib qo‘yilgan. Tadqiqotning bosh maqsadi – nutqning individual rivojlanish jarayonini psixologik va lingvistik mexanizmlar kesimida yoritish, bolalar nutqini o‘zlashtirish jarayonidagi umumiy qonuniyatlarni ochib berishdan iboratdir. Metodologik jihatdan ishda qiyosiy-tahliliy yondashuv, kuzatuv va eksperimental metodlardan foydalanildi. Shuningdek, bola nutqini kuzatish kundaliklari, lingvistik va psixologik test natijalari, ilg‘or rus va g‘arb olimlarining ilmiy ishlari asosiy manba sifatida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, nutq ontogenezi nafaqat til tizimi, balki kognitiv rivojlanish, muloqot ehtiyojlari va ijtimoiy omillar bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Shuningdek, bolalar nutqida morfologik, sintaktik va leksik rivojlanish bosqichlari muayyan psixolingvistik qonuniyatlarga asoslanishi aniqlangan. Xulosa sifatida, nutq ontogenezini psixolingvistik tadqiq qilish bolalar nutqini shakllantirishda metodik yondashuvlarni takomillashtirish, til o‘qitish jarayonida samarali strategiyalar ishlab chiqish hamda bolalarning kognitiv va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish uchun muhim ilmiy-amaliy asos yaratadi.</em></p>
nutq ontogenezipsixolingvistik tadqiqotlarnutqbolalartil o‘qitishstrategiyaqiyosiy-tahliliy yondashuvspeech ontogenesispsycholinguistic researchspeech
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.