«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 6 (2025)
BOYSUN TUMANI ORONIMIK TIZIMIDA ZOONIM KOMPONENTLI ORONIMLAR
Kenjayev, Zohirjon
Abstract
<p><em>Mazkur maqola Boysun tumani oronimik tizimini lingvistik tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, xususan, tarkibida hayvonlar nomlari – zoonim komponenti bo‘lgan oronimlar, ya’ni zoooronimlar tadqiq qilinadi. Misollar asosida ko‘rsatiladiki, bu nomlarning paydo bo‘lishi tabiiy omillar (hayvonlarning yashashi, oronim shaklining hayvonga o‘xshashligi), madaniy-mental xususiyatlar (totemizm, milliy o‘yinlar) hamda mahalliy aholining kuzatuvlari bilan bog‘liq. </em><em>Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Boysun tumani oronimlarining 10% ini zoonim komponentli oronimlar tashkil etadi. Ular uy hayvonlari (Otguzar, Ayg‘irtepa), yovvoyi hayvonlar (Qoplondara, Tulkixona), qushlar (Laylakxona, G‘ajirqoya) va hasharotlar (Qo‘ng‘izbuloq) nomlariga asoslangan holda to‘rt guruhga tasniflanadi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, tog‘li hudud bo‘lgani sababli yovvoyi hayvonlar nomi bilan bog‘liq zoooronimlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Maqolada Otchopar, Do‘ltaxona, Ayg‘irtepa, Xukparida, Tangimush va Ko‘ppak tepa kabi oronimlarning etimologik va semantik izohlari berilgan. Xulosa qilib aytganda, oronimlar tarixiy kodlar bo‘lib, ularni tadqiq qilish tilshunoslik, tarixiy geografiya va etnografiya fanlari uchun katta ahamiyat kasb etadi.</em></p>
Boysun tumanioronimlaroronimik tizimzoonimlarzoooronimlaruy hayvonlariyovvoyi hayvonlarornitonimlartoponimikalingvistik tahlil.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.