«FarDU ilmiy xabarlari» 31-tom 6-san (2025)
MUQOBIL OQSIL MANBAI SIFATIDA CHIGIRTKA UNINING BROYLER JO‘JALARI O‘SISH KO‘RSATKICHLARI, MAHSULDORLIGI, GO‘SHT SIFATI VA IMMUN TIZIMIGA TA’SIRI
Komilov, Jahongir, Allamuratov, Mirtaza, Bekchonova, Marhabo
Annotaciya
<p><em>Mazkur tadqiqotda broyler jo‘jalari ratsioniga muqobil oqsil manbai sifatida chigirtka unini qo‘shishning o‘sish, fiziologik va immunologik ko‘rsatkichlarga ta’siri o‘rganildi. Tajribalar davomida Dociostaurus maroccanus va Dericorys albidula Serville turlaridan tayyorlangan chigirtka uni 15% va 25% miqdorda parhezga kiritildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, chigirtka unining qo‘llanilishi broylerlarning tana massasi ortish sur’atlarini tezlashtirdi, qonning shaklli elementlari va immunoglobulinlar (IgG, IgM) miqdorini oshirdi. Shu bilan birga, umumiy oqsil, albumin va globulin darajasining ortishi oqsil almashinuvining faollashganidan dalolat berdi. Tadqiqot natijalari chigirtka unining parrandachilikda yuqori samarali, ekologik xavfsiz va iqtisodiy foydali ozuqa qo‘shimchasi sifatida ishlatilish imkoniyatini tasdiqlaydi.</em></p>
chigirtka uniDociostaurus maroccanusDericorys albidulabroyler jo‘jalaro‘sishimmun tizimimuqobil oqsil manbai.locust mealDociostaurus maroccanusDericorys albidula
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.