«FarDU ilmiy xabarlari» 31-tom 6-san (2025)
JANUBIY FARG‘ONA OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARINING AGROKIMYOVIY XOS-SALARI VA UNUMDORLIGI
Abduxakimova, Xusnidaxon, Nematov, Abdumalik
Annotaciya
<p><em>Janubiy Fargʻona vohasining sugʻoriladigan och tusli boʻz tuproqlarida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu tuproqlarning agrokimyoviy xossalari va unumdorlik holati o‘rtacha darajada ekani aniqlandi. Profillarning genetik qatlamlari bo‘ylab gumus miqdori yuzadan pastga kamayib boradi: haydov qatlamida taxminan 1,3% bo‘lib, quyi qatlamlarda 0,3% gacha pasayadi. Tuproqning umumiy azot miqdori ham xuddi shunday, 0,11% atrofidan (yuzada) 0,02–0,07% gacha (chuqur qatlamlarda) pasayib bormoqda. Umumiy fosfor miqdori 0,19–0,20% oraliqda barqaror saqlanadi, kaliy esa profilda 2,2% dan 1,6% gacha biroz kamayadi. Bu ko‘rsatkichlar tuproqning gumus va ozuqa elementlar bilan ta’minlanganligi o‘rtacha darajada ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida tuproqlarda agrotexnika ta’sirida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ham tahlil qilindi. Olingan natijalarga muvofiq, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi: tuproqdagi gumus zaxirasini saqlab qolish va oshirish uchun organik o‘g‘itlardan muntazam foydalanish, ozuqa elementlari balansini agroximik tahlillar asosida to‘g‘ri boshqarish, sug‘orishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish lozim. Ushbu chora-tadbirlar tuproq unumdorligini uzoq muddatli saqlash va hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.</em></p>
och tusli bo‘z tuproqagrokimyogumustuproq unumdorligiozuqa elementlarituproq profiliintensiv dehqonchiliko‘g‘itlash.light gray soilagrochemistry
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.