«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 3-сан (2025)
GRECHKANING INGICHKA ICHAK FAOLIYATIGA TA’SIRINI IN SILICO TAHLILLAR ASOSIDA BAHOLASH
Ishimov, Uchkun
Аннотация
<p>Grechka (Fagopyrum esculentum) biologik faol moddalarga boy bo‘lib, ichak mikroflorasi va ovqat hazm qilish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda grechkaning tarkibiy qismlari, xususan flavonoidlar (rutin va kversetin) ning ingichka ichak fermentlariga ta’siri CB-Dock dasturida molekulyar doking orqali baholandi. Doking natijalari shuni ko‘rsatdiki, rutin va kversetin ichak proteazalari bilan barqaror bog‘lanish hosil qiladi, bu esa ularning fermentativ faolligini o‘zgartirishi mumkin. Farmakokinetik va toksikologik xususiyatlarni baholash uchun pkCSM ADME/Tox platformasidan foydalanildi. Undagi natijalarga ko’ra, bu flavonoidlar ichakdan nisbatan yaxshi so‘riladi, toksik ta’sirga ega emas va organizmda xavfsiz tarzda metabolizmga uchraydi. Tadqiqot natijalari grechkaning ovqat hazm qilish tizimi uchun foydali xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.</p> <p> </p> <p> </p>
grechkaingichka ichakflavonoidlarrutinkversetinmolekulyar dokingfarmakokinetikapkCSMADME/Toxproteaza
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.