«FarDU ilmiy xabarlari» Том 31 № 3 (2025)
QUMLI CHO‘L TUPROQLARINING BIOLOGIK XOSSALARI VA ULARNI YAXSHILASH YO‘LLARI
Nurgaliyev, Najmiddin
Аннотация
<p>Ushbu maqolada qumli cho‘l yеrlaridan samarali foydalanish ularning tabiiy biologik xilma-xilligini buzish, yog‘ingarchilik va oqava suvlarning yildan-yilga kamayishi asosiy xavflardan bo‘lib, buning natijasida qumli cho‘l еrlarda yaylovlardan foydalanish samaradorligi pasayadi, bu esa tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladi. Cho‘llanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yеrlarni tiklash ishlari samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Shu munosabat bilan tadqiqot jarayonida bioorganik o‘g‘itlar va gidrogellardan foydalangan holda yaylov yеm-xashak o‘simliklari ostidagi qumli cho‘l tuproqlarining biologik faolligi o‘rganildi. Ushbu maqolada agrobiotexnologiya yordamida izen <em>(Kochia prostrata)</em>, teresken <em>(Ceratoides ewersmanniana)</em>, cho‘g‘on <em>(Halothamnus subaphylla)</em>, keyruk <em>(Salsola orientalis)</em> oʻsimliklari bilan dala tajribalari keltirilgan. Tuproqlarning fermentativ faolligi (katalaza, ureaza va invertaza) va turli xil variantlarda mikroorganizmlar soni (ammonifikatorlar, spora hosil qiluvchi, aktinomitsetalar va mikroskopik zamburug‘lar) o‘rganildi. Natijalar bioorganik o‘g‘itlar va gidrogel ishlatilgan nazorat variantiga nisbatan fermentativ va mikrobiologik faollik ortganligini ko‘rsatdi. Ureaza va ammonifikatorlar, shuningdek, spora hosil qiluvchi bakteriyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik juda yaqin bo‘lgan.</p>
cho‘l qumli tuproqfermentativ faollikmikrobiologik faollikkorrelyatsiyacho‘l еm-xashak o‘simliklaribiomassa.desert sandy soilenzymatic activitymicrobiological activitycorrelation
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.