«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 3-сан (2025)
O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR VA ULARNING GEOGRAFIK JIHATLARI
Usmanov, Mashrab
Аннотация
<p>Ushbu maqolada yurtimizda turizmni rivojlantirish masalalari, turizmning iqtisodiyotga ta’siri, xorijiy olimlar turizm to‘g‘risidagi nazariyasi, respublikamizda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar, O‘zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar, xorijiy sayyohlar davlatlar kesimida, turistik tashriflar, turistik axborot<em>, shuningdek, iqtisodiyotimiz salohiyatini yanada oshirishda turizmning o‘rni hamda rolini oshirish bo‘yicha amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifa va chora-tadbirlar belgilab berilgan. Shuningdek, t</em>urizmning iqtisodiyotga ta’siri faqatgina mehmonxonalar va restoranlarga cheklanmay, balki kengroq infrastruktura loyihalari, jamoat xizmatlari, savdo va transport sohalarini ham qamrab olishi, jahonda yuz berayotgan globalizatsiya jarayonlarining tezlashib borishi davlatlardan turizm tarmog‘ini rivojlantirish orqali muhim masalalarni yechish imkoniyatini yaratishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizning betakror tabiati, milliy qo‘riqxonalar, tog‘li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi. Bugungi kunda rivojlangan davlatlar ilmiy tadqiqotlarida turizm sohasini ularning iqtisodiyotiga, ijtimoiy sohasiga, ekologiya va boshqa sohalarga ta’siri o‘rganish bo‘yicha bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Keyingi yillarda respublikamizda turizm sohasida olib borilayotgan islohatlar tufayli yildan-yilga yurtimizga xorijlik sayyohlarning tashrifi ortib bormoqda. Xorijiy sayyohlar tashrifi davlatlar kesimida, O‘zbekiston – boy tarixiy va madaniy merosga ega mamlakat bo‘lib, uning turizm sohasi so‘nggi yillarda jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda mavjud imkoniyatlarimizdan keng foydalanish va xorij tajribalarini amalda qo‘llash, mahalliy aholi va sayyohlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda yo‘l infratuzilmasini rejalashtirish va modernizatsiya qilish orqali mamlakat fuqarolarining turistik faolligini orttiradi hamda xorijiy turistlar oqimi ko‘payishiga olib keladi.</p>
O‘zbekistonda turizm sohasixorijiy olimlarxorijiy sayyohlarturistik tashriflar statistikasixalqaro turistik oqimlarturistik axborot xizmatlarijoylashtirish vositalariviza rejimining soddalashtirilishiturizm infratuzilmasinining rivojlanishisayyohlik xizmatlarning yaxshilanishi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.