«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 3-сан (2025)
POLIOKSIDLI KATALIZATORLAR SINTEZI VA ULARNING METANNING KATALITIK KONVERSIYASIDA QO‘LLANILISH IMKONIYATLARI
Muxamadiyev, Nurali
Аннотация
<p>Ushbu tadqiqotning maqsadi qilib, parnik gazlarini kamaytirish hamda metanning karbonatli konversiyasida qo‘llaniladigan nikel saqlagan katalizatorlarni tadqiq qilish olingan.Tadqiqot ishining ob’yekti sifatida d-elementlar oksidlari asosida zol-gel texnologiyasi, solition-combusion synthesis usulida sintez qilingan 4NiO∙ZrO<sub>2</sub>/5Al<sub>2</sub>O<sub>3</sub>, 4NiO∙TiO<sub>2</sub>/5Al<sub>2</sub>O<sub>3</sub> va 3NiO∙TiO<sub>2</sub>∙ZrO<sub>2</sub>/5Al<sub>2</sub>O<sub>3</sub> tarkibli polioksidli katalizatorlarning metanning karbonatli konversiyasi orqali sintez gazi hosil bo‘lish jarayoniga temperaturaning ta’siri o‘rganildi. Metanning karbonatli konversiyasi uchun tejamkor va yuqori samarali katalizator tizimlarini ishlab chiqish vodorodni (H<sub>2</sub>) barqaror ishlab chiqarish uchun juda muhimdir. Jarayonni samarali bo‘lishi uchun Ni-asosidagi katalizatorlarda TiO<sub>2</sub>∙ZrO<sub>2</sub>ni promotor va asosiy alyuminiyni qo‘llab-quvvatlovchi sifatida foydalanishni o‘rgandik. Promotor sifatida TiO<sub>2</sub>∙ZrO<sub>2</sub>ni qo‘shilishi, asoslilikni kuchaytirishiga olib kelishi hamda sintez gazining unumining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. 4NiO∙ZrO<sub>2</sub>/5Al<sub>2</sub>O<sub>3</sub> katalizator qo‘llanilganda, karbonatli konversiyaga reaksiyasi jarayoniga temperaturaning ta’siri va asosiy konversiya mahsulotlarining konsentrasiyasi: 850<sup>о</sup>С temperaturada metanning konversiyasi 87%, karbonat angidridniki 77,1%, 4NiO∙TiO<sub>2</sub>/5Al<sub>2</sub>O<sub>3</sub> katalizatorda metanning konversiyasi 71,3%, karbonat angidrid 65,2%, hamda 3NiO∙TiO<sub>2</sub>∙ZrO<sub>2</sub>/5Al<sub>2</sub>O<sub>3</sub> katalizator qo‘llanilganda esa, metanning konversiyasi 92,1%, karbonat angidrid 87% ni tashkil etdi.</p>
katalizatorsolution-combustion synthesiskompozitmetankarbonat angidridkonversiyasintez gazitemperatura.catalystsolution-combustion synthesis
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.