«FarDU ilmiy xabarlari» 31-tom 3-san (2025)
MOYCHECHAK (MATRICARIA CHAMOMILLA L.) O‘SIMLIGI GULINING MAKRO VA MIKROELEMENT TARKIBINI ICP-MS USULIDA O‘RGANISH
Hakimova, Gulzoda
Annotaciya
<p><em>Qamchiq dovonining shimoliy yonbagʻridan yigʻib olingan Matricaria chamomilla (moychechak) guli namunalari induktiv bog‘langan plazmali mass spektrometriya usulida tahlil qilindi. O‘rganilgan o‘simlik namunalari tarkibida ja’mi 50 ta elementning sifat va miqdor tarkibi aniqlandi. Aniqlangan elementlardan 5 tasi makroelement, </em><em>42</em><em> tasi mikroelement va 3 tasi zaharli elementlar hisoblanadi. </em><em>Moychechak</em><em>ning o‘rganilgan o‘simlik qismlaridagi kalsiy, kaliy, fosfor, magniy va natriy makroelementlari hamda temir, strontsiy, aluminiy, bariy, mis, titan, rux, marganets, xrom va rubidiy kabi mikroelementlarning miqdori aniqlandi. Makroelementlar quyidagi qatorda ortib boradi: Na </em><em><</em><em> P </em><em><</em><em> Mg </em><em><</em><em> Ca </em><em><</em><em> K. Kaliy makroelementlarning ⁓58,6% ni tashkil etgan. Namunada aniqlangan miqdori 1 mkg/g dan yuqori bo‘lgan mikroelementlarni qulaylik uchun 1-10 mkg/g, 10-100 mkg/g va 100-1000 mkg/g oralig‘ida bo‘lgan uch diapazonga ajratish mumkin, ular umumiy miqdori ortib borish tartibida quyidagicha joylashadi: V < Se < Li < Mo < Cr < Ba < Ni < Cu < Rb < B < Zn < Ti < Mn < Sr < Al < Fe. Zaharli elementlardan qo‘rg‘oshin mishyak va kadmiy aniqlangan.</em> Moychechak gullari organizm uchun axamiyatli bo’lgan kaliy, kalsiy, fosfor, magniy, va temir elementlariga boy ekanligi aniqlandi. Zaxarli elementlar miqdori esa aksincha o’rtacha adabiyot ma’lumotlarga nisbatan sezilarli kam. Bunga sabab esa o ‘z navbatida moychechakning ekologik toza mintaqadan yigʻib olinganligi.</p>
moychechakgulchamomillainduktiv bog‘langan plazmali mass spektrometriyanatriykalsiykaliyfosfortemiraluminiy.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.