«FarDU ilmiy xabarlari» 31-tom 3-san (2025)
ФИЗИКО-ХИМИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ИНГИБИТОРОВ НА ОСНОВЕ НАТРИЙ-КАРБОКСИМЕТИЛЦЕЛЛЮЛОЗЫ И ФОСФОРНЫХ СОЕДИНЕНИЙ
Qurbanova, Latofat
Annotaciya
<p>Sanoatda korroziya natijasida vaqt o‘tishi bilan metall materiallarining tabiiy holatini yo‘qolishiga va atrof muhitning ifloslanishiga olib keladi. Metall bilan adsorbsion taʼsirlashuv natijasida uning himoyalash xossalari turli haroratlarda qanday namoyon bo‘lishi va reaksiya mexanizmlarini o‘rganish natijasida yangi samaradorli ingibitorlar ishlab chiqarish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy texnika va texnologiyalarning asosiy materiallari bo‘lgan temir asosidagi qotishmalar namlik, havodagi kislorod, azot, oltingugurt oksidlari va boshqa kimyoviy faol moddalarning taʼsiri natijasida korroziyalanishga uchraydi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan buyon kimyo sanoatida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish yo‘nalishida ilmiy izlanishlarni yuqori darajada tashkil etish va mahalliy bozorni import o‘rnini bosa oladigan kimyoviy reagentlar bilan taʼminlash borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Metallarni korroziyadan samarali himoyalaydigan natriy-karboksimetilselluloza va fosfor tutgan birikmalar asosidagi ingibitorlarni yaratish hamda ularning ta’sirini fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Ushbu maqolada elektrokimyoviy, gravimetrik, IQ-spektroskopik va shuningdek rentgen fazaviy analiz usullaridan foydalanilgan. Ilk bor natriy-karboksimetilselluloza, dietilamin va anilinning fosforli hosilalari ingibitor sifatida qo‘llanilgan. Natriy-karboksimetilselluloza va fosfor tutgan birikmalar asosidagi ingibitorlarni korroziya jarayonida metallarni himoyalash ta’sir mexanizmi taklif qilingan. Yuqori samaradorli ingibitorlarni himoyalash darajasi, tormozlash koeffisienti hamda qo‘llanilishda turli konsentratsiyalardagi optimal sharoitlari aniqlangan. Olingan natijalarning nazariy ahamiyati shundan iboratki, sintez qilingan natriy-karboksimetilselluloza va fosfor tutgan ingibitorlar ikki komponentli sistemalarda qo‘llanilgan.</p> <p> </p>
Ingibitorkorroziyapo‘latnatriy-karboksimetilsellulozaanilin dietilaminfosfat kislotanatriy tripolifosfat.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.