«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 3 (2025)
FARG‘ONA VODIYSIDA OCHIQ URUG‘LI O‘SIMLIKLARDA CINARA AVLODIGA MANSUB SHIRALAR TROFIK IXTISOSLASHUVI VA ULARNING EKOTIZIMDAGI ROLI
Zokirova, Gulnora
Abstract
<p><em>Maqolada Farg‘ona vodiysidagi ochiq urug‘li o‘simliklarda uchraydigan Cinara avlodiga mansub shiralar turlari trofik ixtisoslashuvi va ularning ekotizimdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Mualliflar 2023–2024-yillar davomida o‘tkazilgan dala va laboratoriya kuzatuvlari asosida Cinara shiralarining 7 turini aniqlab, ularning ayni turdagi o‘simlik aʼzolari bilan oziqlanish xususiyatlarini o‘rgangan. Shu bilan birga, Cinara avlodi shiralarining ekotizimdagi o‘rni murakkab oziq zanjirida dastlabki isteʼmolchi sifatida muhim bo‘lsa-da, ularning ortiqcha ko‘payishi manzarali daraxtlarning dekorativ xususiyatini susaytirishi va iqtisodiy zarar keltirishi mumkinligi qayd etiladi. Mazkur natijalar Cinara shiralarining ignabargli o‘simliklarda trofik bog‘liqlik mexanizmlarini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, Farg‘ona vodiysida urban landshaftlarini saqlash va himoya qilishda amaliy ahamiyatga ega.</em></p>
CinaraafidPiceaPinus nigratrofik xususiyatiAphidoideaBiota orientalisCinaraafidPicea
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.