«FarDU ilmiy xabarlari» 31-tom 3-san (2025)
CHRYSOLINA COERULANS (SCRIBA, 1791) BARGXO‘R QO‘NG‘IZINING O‘SIMLIKLAR BILAN TROFIK MUNOSABATLARI
Zohidova, Muxayyoxon, Zokirova, Gulnora
Annotaciya
<p><em>Ushbu maqolada bargxo‘r qo‘ng‘iz Chrysolina coerulans (Scriba, 1791) ning yalpiz (Mentha) turkumiga mansub o‘simliklar bilan trofik aloqalari dala va laboratoriya sharoitida o‘rganildi. Kuzatuvlar qo‘ng‘izning oligofag xususiyatga ega ekanini tasdiqladi: imago va lichinka bosqichlari asosan bog‘ yalpizi, oddiy yalpiz va Melissa officinalis barglarini iste’mol qilib, 48 soat ichida barg yuzasining 85–92 % qismini yeydi, Tanacetum barglariga murojaat esa kam hollarda (≤ 6 %) kuzatildi. Kimyoviy analizlar va xatti-harakat kuzatuvlari kardenolid tipidagi himoya glikozidlarining ajralishini hamda “o‘likka tashlanish” refleksini ko‘rsatdi, bu esa yirtqichlardan samarali himoya strategiyasini tasdiqlaydi. Ozuqa cheklanganda populyatsiya zichligi pasayishi, yalpiz monodominantligi kamayishi va biologik xilma-xillikning oshishi mumkinligi ta’kidlandi. Olingan natijalar bargxo‘r qo‘ng‘izlarning o‘simlik-hasharot koevolyutsiyasini chuqurroq tushunish hamda yalpiz plantatsiyalarini zararlanishdan muhofaza qilish strategiyalarini ishlab chiqish uchun ilmiy asos yaratadi. </em></p>
bargxo‘r qo‘ng‘iz; Chrysolina coerulans; trofik munosabat; oziqlanish xatti-harakati; yalpiz (Mentha); kimyoviy himoya; oligofag.bargxo‘r qo‘ng‘iz; Chrysolina coerulans; trofik munosabat; oziqlanish xatti-harakati; yalpiz (Mentha); kimyoviy himoya; oligofag.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.