«FarDU ilmiy xabarlari» Том 31 № 5 (2025)
YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNI KOMILLIKGA ERISHISHIDA FAZL IBN AHMAD MEROSINING O‘RNI
Soipova, Mavjuda
Аннотация
<p><em>Mazkur maqolada Fazl ibn Ahmadning falsafiy va axloqiy merosi asosida yosh avlodni komillikka yеtaklash masalasi tahlil qilinadi. Muallif fikricha, Yangi O‘zbekistonda yoshlarni ma’naviy yеtuk va axloqan barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda milliy va islomiy merosga tayanish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, Fazl ibn Ahmadning inson nafsi, aql va qalb muvozanati, axloqiy kamolot hamda ma’rifatparvarlik to‘g‘risidagi ta’limotlari bugungi yoshlar uchun ruhiy-ma’naviy dastur vazifasini o‘taydi. Uning falsafasida inson o‘z nafsini tarbiya qilish, ilm orqali komillikka erishish va jamiyat manfaati yo‘lida xizmat qilish g‘oyalari asosiy o‘rin tutadi.</em></p> <p><em>Fazl ibn Ahmad merosini o‘rganish va uni ta’lim-tarbiya jarayonlariga joriy etish yoshlarda vatanparvarlik, ma’naviy barkamollik va ijtimoiy mas’uliyat hissini kuchaytiradi. Shu bois, bu meros Yangi O‘zbekiston ma’naviy siyosatining ajralmas qismi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.<strong> </strong></em></p>
Islomaхloq tanaruhijtimoiy ilm taraqqiyotinsondialektiksinergetikdeterministikma’naviy milliy va umuminsoniy manfaatlarprogressiv taraqqiyotaxloqiy qadriyatlar
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.