«FarDU ilmiy xabarlari» Том 31 № 5 (2025)
BADRIDDIN AL-AYNIY VA UNING AMIR TEMUR HAQIDA QARASHLARIGA UMUMIY TAVSIF
Turgʻunboyev, Zaylobiddin
Аннотация
<p><em>Badriddin al-Ayniy (1361–1451) — Misrda faoliyat yuritgan yirik fiqhshunos va muarrixlardan biri boʻlib, oʻzining keng qamrovli tarixiy asarlarida Movarounnahr hududidagi siyosiy, madaniy va ijtimoiy jarayonlarga alohida e’tibor bergan. Ayniqsa, Temuriylar davriga oid ma’lumotlar al-Ayniy asarlarida puxta tahlil qilingan. Uning <strong>“Iqd al-juman fi tarikh ahl al-zaman”</strong> (“Zamondoshlar tarixi haqida dur marjonlar”) nomli asarida Amir Temur va uning vorislarining siyosiy faoliyati, harbiy yurishlari, davlat boshqaruvi va ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi keng yoritilgan. Al-Ayniy Temurni mohir sarkarda, adolatli hokim sifatida tasvirlaydi. U Samarqanddagi obodliklar, madrasa va kutubxonalar haqida ijobiy fikr bildirgan. Shuningdek, uning “Iqd al-juman fi tarikh ahl al-zaman” asarida Temuriylar sulolasining Misr va boshqa mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ayniy bu asarlarida Movarounnahr hududidagi siyosiy barqarorlikni islomiy dunyoning boshqa mintaqalari bilan solishtirib, bu еrda ilm-fan, madaniyat va iqtisodiyotning rivojlanganini e’tirof etadi. Ayniy yondashuvida tarixiy voqealarga nafaqat xolis tarixchi sifatida, balki fiqhshunos va din peshvosi sifatida ham yondashgan. U uchun adolatli boshqaruv, diniy qadriyatlarning saqlanishi va ilm-fanga e’tibor asosiy mezon bo‘lgan. Shuning uchun u Movarounnahrni o‘sha davrda musulmon dunyosining eng nufuzli ilmiy markazlaridan biri sifatida tasvirlaydi.</em></p>
Amir TemurBadriddin al-AyniySamarqandArabIslom diniharbiy strategiyadiplomatiyatinchlik bitimimadrasakutubxona.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.