«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 5 (2025)
SOF VA MODIFIKATSIYALANGAN POLIVINILXLORIDNING TERMIK PAR-CHALANISH XUSUSIYATLARINI TAQQOSLASH: CUO VA FE3O4 NANOZARRACHALARIN-ING TA’SIRI
Eshtursunov, Davron, Bekchanov, Davronbek, Muxamediyev, Muxtarjan
Abstract
<p><em>Mazkur tadqiqotda sof polivinilxlorid (PVX), karbamid bilan modifikatsiyalangan PVX (PPE-2) hamda CuO va Fe<sub>3</sub>O<sub>4</sub> nanobirikmalari asosida tayyorlangan funksional nanokompozitlarning termik parchalanish xususiyatlari taqqoslab o‘rganildi. Termogravimetrik tahlil (TGA) va differensial skanerlash kalorimetriyasi (DSC) yordamida massa yo‘qotilishi, degradatsiya bosqichlari va termik barqarorlik baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, PVXning karbamid bilan modifikatsiyasi uning issiqlikka chidamliligini oshiradi, metall oksid nanobirikmalari qo‘shilishi esa barqarorlikni yanada kuchaytirib, parchalanish mexanizmini o‘zgartiradi. Olingan natijalar CuO va Fe<sub>3</sub>O<sub>4</sub> nanobirikmalarining stabilizatorlik rolini tasdiqlaydi va bunday materiallarning yuqori issiqlik va kimyoviy barqarorlik talab etiladigan sohalarda qo‘llanish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.</em></p>
polivinilxloridPPE-2CuO nanozarrachalariFe3O4 nanozarrachalariTGADSCtermik barqarorlik.Polyvinyl chloridePPE-2CuO nanoparticles
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.