«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 31 № 5 (2025)
NAMOZSHOMGUL O‘SIMLIGINING MAKRO VA MIKROELEMENT TARKIBINI O‘RGANISH
Saminov, Xusniddin
Аннотатсия
<p><em>Namozshomgul o‘simligining еr ustki qismining mineral tarkibi o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, jami 59 ta element aniqlandi va ularning umumiy miqdori 17164,719 mg/kg ni tashkil etdi. Makroelementlarning umumiy miqdori 16518 mg/kg bo‘lib, bu aniqlangan minerallarning 96,23% ini tashkil etdi. Eng yuqori ulush kaliyga to‘g‘ri kelib, u umumiy tarkibning 43,8% ini tashkil etdi. Mikro, ultramikroelementlar va siyrak еr metallarining jami miqdori esa 645,937 mg/kg ga teng bo‘ldi. Alyuminiy va temir ushbu guruh elementlarining 81,7% ini tashkil etib, asosiy o‘rinni egalladi. Bor, strontsiy, bariy, marganets, titan, rux, rubidiy, litiy, xrom, nikel va mis ham muhim miqdorda aniqlandi. Olingan natijalar namozshomgul o‘simligining mineral tarkibi boy va hilma-xilligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, o‘simlik tarkibida mikro va ultramikroelementlarning mavjudligi uning biologik ahamiyatini yanada oshiradi. Mazkur tahlil natijalari dorivor o‘simliklarni o‘rganishda, farmatsevtik va biologik tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.</em></p>
Mirabilis jalapa Lmineral tarkibIBP MSmakroelementlarmikroelementlarultramikroelementlarsiyrak еr metallarbiologik ahamiyatidorivor o‘simlik.Mirabilis jalapa L.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.