«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 5-son (2025)
2-METIL-6-NITROXINAZOLIN-4-ONNING VILGERODT-KINDLER REAKSIYASINI AMALGA OSHIRISH
Pirnazarova, Nasiba, Nematov, Gʻayrat
Annotatsiya
<p><em>Xinazolin hosilalari ham nazariy, ham amaliy jihatdan katta ahamiyatga egadir. Ular orasida qishloq xo‘jaligi uchun (fungisidlar, bakterisidlar, insiktisidlar va ko‘plab o‘simliklar o‘sishining stimulyatorlari) biologik faol moddalar topilgan. Masalan, peganum harmala (isiriq) o‘simligidan ajratib olingan. Sintetik usulda ajratib olingan dezosipeganin tibbiyotda antixolinesteraz preparat sifatida ishlatilib kelinmoqda. Xinazolin tioamidlari molekulasida bir necha faol markazlar, jumladan; 2-holatdagi tioamid guruhi (C=S), 1- va 3- holatlardagi endosiklik va ekzosiklik azot atomlari, 4-holatdagi karbonil guruhi hamda benzol halqasining borligi ushbu birikmalar bilan elektrofil, nukleofil almashinish reaksiyalarini bir yoki bir nechta reaksion markazlarga borishi mumkinligini ko‘rsatadi. </em><em>2-</em><em>M</em><em>etil-6-nitroxinazolin-4-on</em><em> va uning </em><em>tioamidlarini olish reaksiyalarini o‘rganish juda muhimdir. Adabiyot ma’lumotlariga asoslangan holda olinayotgan tioamidlardan ko‘plab biologik faol bo‘lgan birikmalarni izlash mazkur ishning dolzarbligini ko‘rsatadi. </em></p> <p><em>Ushu maqolada 2-metil-6-nitroxinazolin-4-onning turli sharoitlarda tioamidlovchi reagentlar bilan reaksiyalari uch komponentli katalitik usulda amalga oshirildi. Reaksiya reagentlarning dimetilsulfoksidli aralashmasi ishtirokida moy hammomida qizdirib olib borildi. Reaksiya natilasida yuqori unumlar bilan 6-nitroxinazolin-4-il-2-tiokarbon kislota tioamidlari sintez qilib olingan. </em></p> <p><em>Olingan moddalarning tuzilishi zamonaviy fizik tadqiqot usullari IQ-, <sup>1</sup>H va <sup>13</sup>C YaMR-spektrlari yordamida tahlil qilingan.</em></p>
xinazolinuch komponentlikatalitikmultikomponentligeterosiklikqayta amidlashelektronoakseptorxinazolondimetilsulfoksid.quinazoline
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.