«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 5-son (2025)
O‘ZBEKISTONDA OVLASHGA RUXSAT ETILGAN QUSHLARNING SISTEMATIK TAHLILI VA BUXORO VILOYATIDA UCHRASHI HAQIDA MA’LUMOTLAR
Jumanov, Muratbay, Raxmonov, Rashid
Annotatsiya
<p><em>Maqolada O‘zbekistonda ovlashga ruxsat etilgan qushlarlar sistematikasi sinf, turkum, oila va turlar kesimida sistematik jihatdan tahlil qilingan. O‘rganishlar natijasida O‘zbekistonda ovlashga ruxsat etilgan qushlar sinfining 8 ta turkum, 12 ta oila va 45 tur vakillari aniqlandi.</em> <em>O‘zbekistonda rasman ovlashga ruxsat etilgan ovlanadigan qushlarning Buxoro viloyatida uchrashi xususiyatlari o‘rganilganda ularning 45 turgan 42 turi viloyat tabiatida uchrashi qayd etildi.</em> <em>Tadqiqot ishimizda “O‘zbekistonning cho‘l zonasida ovlanadigan hayvon turlarining faunasi, ekologiyasi va ahamiyati”ni o‘rganish hisoblanadi.</em> <em>Dunyo miqyosida biologik xilma-xillikning muhim tarkibiy qismi sanalgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish masalasiga bugungi kunda alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa hayvonot dunyosidan ov qilish maqsadida keng va ba’zan nooqilona foydalanish, ov xo‘jaliklarini yuritish sohasidagi mavjud muammolar ko‘pchilik hollarda turlarning qirilib ketishiga yoki sonini kamayishiga sabab bo‘lmoqda, ba’zan ular noyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarga aylanmoqda. Shunga ko‘ra, mazkur masalalarni o‘rganish, ularni hal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish hayvonlarni muhofaza qilish, ulardan barqaror foydalanish, ovchilik xo‘jaliklari yuritishni tartibga solish hamda aholining iqtisodiy, ijtimoiy farovonligini oshirishda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.</em></p>
BuxoroNavoiyXorazmQoraqalpoqYovvoyiErkakurg‘ochiiqtisodiybiologik xilma-xillikmuhofaza qilish
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.