«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 5-нөмір (2025)
STREPTOMYCES SP. IZOLYATINING ANTIBIOTIKKA CHIDAMLI KLINIK SHTAMMLARGA NISBATAN ANTIMIKROB FAOLLIGINI BAHOLASH
Qosimova, Sharifa, Mamarasulov, Bahodir
Аңдатпа
<p><em>Antibiotiklarga chidamli bakteriyalar sog‘liqni saqlash tizimi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda va mavjud antimikrob vositalarning samaradorligi pasayib bormoqda. Shu sababli, yangi va samarali tabiiy antimikrob birikmalarni izlash dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Streptomyces turi aktinomitsetlar tabiiy bioaktiv moddalar, ayniqsa antibiotiklar ishlab chiqaruvchi asosiy mikroorganizmlardan biri sifatida tan olingan. Ushbu tadqiqotning maqsadi mahalliy tuproq namunalaridan ajratilgan Streptomyces sp. izolyatining antibiotikka chidamli klinik patogenlarga nisbatan antimikrob faolligini baholashdan iborat. Tadqiqot doirasida Streptomyces izolyatlari standart morfologik, fiziologik usullar orqali identifikatsiya qilindi. Antimikrob faollik ikki qavatli agar va disk diffuzion usullar orqali baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Streptomyces izolyatlari yuqori darajada antimikrob faollik namoyon etdi. Bu natijalar Streptomyces izolyatlarining antibiotiklarga chidamli patogenlarga qarshi muqobil tabiiy agentlar sifatida katta potensialga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot Streptomyces turlaridan yangi antimikrob birikmalarni aniqlash va ularni kelgusida klinik tadqiqotlarga joriy etish yo‘lida muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.</em></p>
Streptomyces sp.antimikrob faollikantibiotik rezistentligiklinik izolyatlartabiiy birikmalarbioaktiv metabolitlar.Streptomyces sp.antimicrobial activityantibiotic resistanceclinical isolates
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.