«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 2-сан (2025)
GLOBALLASHUV JARAYONLARINING O‘ZBEKISTONDAGA MEHNAT MIGRATSIYASIGA TA’SIRINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI
Paxriddinov, Umidjon
Аннотация
<p><em>Mazkur maqolada globallashuv jarayonlarining O‘zbekiston Respublikasidagi mehnat migratsiyasiga ta’siri ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Hozirgi kunda dunyoda kechayotgan integratsion jarayonlar, iqtisodiy va texnologik rivojlanish, xalqaro mehnat bozoridagi o‘zgarishlar O‘zbekiston fuqarolarining mehnat migratsiyasiga chiqish sabablariga va uning oqibatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Mehnat migratsiyasi faqat iqtisodiy hodisa bo‘lib qolmay, balki ijtimoiy, madaniy va falsafiy jihatlarni ham qamrab oluvchi murakkab jarayon sifatida o‘rganiladi. Mavzu doirasida olib borilgan izlanishlar globallashuv omillarining migratsiya jarayonlariga ta’siri tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Xususan, xalqaro mehnat bozorining talab va taklif muvozanati, migratsiya siyosatining rivojlanishi, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan tartibga solish choralari va ularning samaradorligi muhokama qilinadi. O‘zbekiston mehnat migrantlarining asosiy yo‘nalishlari, ularning jamiyatga ta’siri, ijtimoiy moslashuvi, iqtisodiy ahvolining o‘zgarishi hamda mehnat migratsiyasining milliy rivojlanish strategiyasidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, tadqiqotimizda mehnat migratsiyasining ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilinib, uning natijasida yuzaga keladigan demografik va ijtimoiy muammolar, oilaviy va madaniy o‘zgarishlar, bilim va malaka migratsiyasi kabi masalalar yoritiladi. </em><em>Shu bilan birga, O‘zbekiston davlatining migratsiya siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or strategiyalar va tavsiyalar keltiriladi. Ushbu maqola O‘zbekiston mehnat migratsiyasi jarayonlarini chuqurroq tushunishga qaratilgan bo‘lib, uning falsafiy va ijtimoiy jihatlarini ochib berishga xizmat qiladi.</em></p>
globallashuvmehnat migratsiyasiO‘zbekistonijtimoiy-falsafiy tahlilmigratsiya jarayonlariiqtisodiy omillarsiyosiy ta’sirdavlat siyosatimadaniy transformatsiyalarstrategik yondashuvlar
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.