«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 31 № 2 (2025)
GLOBALLASHUV DAVRIDA BOQIY MAROSIM: TOSHKENT VOHASI MUQADDAS QADAMJO VA MOZORLARIDA ZIYORAT
Jumayeva, Shoira
Аннотатсия
<p><em>Muqaddas qadamjo va mozorlarga ziyorat Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy marosimlaridan biri hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda ziyorat mavzusi yana dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Globallashuv jarayoni ta’siri hamda turizm sohasi rivoji natijasida ziyorat turizmi yo‘nalishida sayohat qiluvchilar soni yildan yilga oshib bormoqda. Vatanimiz dunyoga buyuk alloma, ulamoyu-valiy insonlari nomi bilan ham mashhurdir. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. </em></p> <p><em>Mazkur maqolani tayyorlashda Toshkent vohasida mashhur ziyoratgohlardan biri Shayx Umar Vali ziyoratgohi tadqiqot mavzusi sifatida tanlab olindi. Toshkent vohasi ziyoratgohlari tarixi, me’moriy еchimi va mahalliy aholining ziyorat marosimlari bilan respublikaning boshqa hududlaridan ajralib turuvchi lokal xususiyatlarga ega. Ayniqsa, vohaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida ziyorat marosimlari yaxshi saqlanib qolgan. Tadqiqod davomida quyidagi savollar belgilab olindi: zamonaviy dunyoda ziyorat an’analarining qayta tiklanishining asosiy sabablari va Shayx Umar Vali ziyoratgohining o‘ziga xosligi nimada? Maqolani tayyorlashda Toshkent vohasida o‘tkazilgan dala tadqiqotlari ma’lumotlaridan keng foydalanildi. </em></p>
muqaddas joylarziyorat an’analarilokal xususiyatlario‘ziga xoslikziyorat urf-odatlarimaqbaraqadamjo.sacred sitespilgrimage traditionslocal features
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.