«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 2 (2025)
IPAKCHILIKNING O‘ZBEKISTON IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDAGI O‘RNI (1991-2021-yillar)
Sodiqova, Mahbubaxon
Abstract
<p><em>O‘zbekiston ipakchilik sanoati mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sohalardan biridir. Ushbu maqolada O‘zbekistonning ipakchilik sanoatining o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish tarixi, ahamiyati va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari tahlil qilingan. O‘zbekiston, ipak ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda еtakchi o‘rinni egallagan davlatlardan biri bo‘lib, mamlakatning qishloq xo‘jaligi va eksport salohiyatida muhim o‘rin tutadi. Ipakchilik sanoati nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ijtimoiy sohada ham katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki bu soha minglab oilalar uchun ish o‘rinlari yaratadi, qishloq hududlaridagi aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga yordam beradi va o‘zining madaniy-milliy ahamiyatiga ega. Ushbu izlanishda, ipakchilikning iqtisodiy o‘sishi, texnologik yangilanishlar, eksport strategiyalari va ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri, shuningdek, bu sohaning rivojlanishida davlat siyosatining roli ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot, O‘zbekistonning ipakchilik sanoatining kelajakdagi istiqbollarini, global bozorlardagi o‘rni va uning ichki iqtisodiyotga qo‘shgan hissasini chuqur tahlil qilishni maqsad qiladi.</em></p>
: Ipakchilikiqtisodiy hayotijtimoiy ta’sireksportqishloq xo‘jaligiish o‘rinlarisanoat rivojlanishitexnologik yangilanishlardavlat siyosatiiqtisodiy o‘sish
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.