«FarDU ilmiy xabarlari» 31-tom 2-san (2025)
UMUMIY TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA UCHUN INNOVATSION MOBIL ILOVA YARATISH VA UNING SAMARADORLIGINI O‘RGANISH
Uraimov, Sanjar, G‘ofurov, Salohiddin
Annotaciya
<p><em>Ushbu maqolada umumiy ta’lim maktablari o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarini rejalashtirish, boshqarish hamda o‘quvchilarni mustaqil mashg’ulotlarga jalb etish maqsadida yaratiladigan mobil ilova konsepsiyasi keng qamrovda tahlil qilingan. Ilova o‘quvchilarga turli jismoniy mashqlar, sport texnikalari va nazariy bilimlar bo‘yicha mustaqil o‘rganish imkonini yaratadi, shuningdek o‘qituvchi dars mavzularini rejalashtirishi, individual metodikalarini ishlab chiqishi va natijalarni baholash jarayonini soddalashtirishi mumkin. Tadqiqot davomida ushbu ilovaning samaradorligi va uning jismoniy tarbiya darslaridagi qo‘llanish imkoniyatlari nazariy-adabiy va amaliy tajribalar orqali o‘rganildi. Olingan natijalar innovatsion texnologiyalar ta’lim sifati va jismoniy faollikni oshirishda muhim o‘rin tutishini tasdiqlaydi.</em></p>
: jismoniy tarbiyaumumiy ta’lim maktabimobil ilovametodikamustaqil mashg’uloto‘qituvchio‘quvchibaholashdars rejalashtirishraqamli texnologiya.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.