«FarDU ilmiy xabarlari» 31-tom 2-san (2025)
LOG‘ON BENTONITINI BOYITISH VA UNI MODIFIKATSIYALAB OLINGAN ORGANOBENTONITLARNI SKANERLOVCHI ELEKTRON MIKROSKOP YORDAMIDA TAHLIL QILISH
No‘monov, Muhammadrajab, Mirsalimova, Saodat, Abdikamalova, Aziza, Ergashev, Dilmurod
Annotaciya
<p><em>Ushbu tadqiqotda bentonitning turli sirt-faol moddalar (SFM) bilan modifikatsiya qilinishining uning morfologik xususiyatlari va element tarkibiga ta’siri o‘rganildi. Bentonit yuqori adsorbsion qobiliyatga ega bo‘lgan mineral bo‘lib, uning kimyoviy va fizik xususiyatlarini yaxshilash uchun organik modifikatsiya usullari qo‘llaniladi. Tadqiqot davomida bentonit namunalarini tayyorlashda quyidagi SFM lar qo‘llanildi: tetradetsiltrimetil ammoniy bromid (TDTMAB), oktadetsiltrimetil ammoniy bromid (ODTMAB) va dokozantrimetil ammoniy bromid (DKTMAB). Modifikatsiyaning bentonit tarkibiga ta’siri skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM) va energiya-dispersiya rentgen spektroskopiyasi (EDS) usullari yordamida baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, modifikatsiyalangan namunalar zarrachalar tuzilishining o‘zgarishi va ularning aglomeratsiya darajasining pasayishini namoyon etdi. Organik modifikatorlarning uglevodorod zanjiri uzunligining oshishi bentonit zarrachalarining yanada zich joylashishiga va uning gidrofob xususiyatlarining oshishiga yordam berdi. Tadqiqot natijalari bentonitning ekologik tozalash, farmatsevtika va neft-kimyo sanoati kabi turli sohalarda qo‘llanilish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Bentonitning modifikatsiyasi uning funksional xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilashi aniqlandi.</em></p>
bentonitmodifikatsiyasirt-faol moddalarSEMEDSmorfologiyaadsorbsion.: bentonitemodificationsurfactants
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.