«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 2 (2025)
QORATOG‘ VA TO‘PALANG DARYOLARIDA TARQALGAN ISKANDARIA PARDALIS (TURDAKOV, 1941) MORFOLOGIK O‘ZGARUVCHANLIK XUSUSIYATLARINING QIYOSIY TAHLILI
Fayziyeva, Dilorom, Sheraliyev, Baxtiyor
Abstract
<p><em>Amudaryo </em><em>havza</em><em>s</em><em>ining endemik baliq turlaridan biri bo‘lgan Iskandaria pardalis</em> <em>ning morfologik o‘zgaruvchanlik xususiyatlari tadqiq etildi. Bunda Qoratog‘ va To‘palang daryolaridan yig‘ilgan baliq namunalarining morfometrik o‘lchamlari Styudent mezoni bo‘yicha tahlil etilganda, 32 belgisidan 25 tasida farqlar kuzatilmadi, qolgan 7 ta belgisida 1% ahamiyatlilik darajasida ishonchli ravishda farqlar borligi ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, populyatsiyalar orasida morfologik o‘zgaruvchanlik qiymatlari variatsiya koeffitsiyenti bilan baholandi. Unga ko‘ra, To‘palang daryosi namunalarida o‘rtacha o‘zgaruvchanlikka uchragan dum suzgich qanoti uzunligi, dum bandi uzunligi hamda qorin va anal suzgich qanotlari orasidagi masofasi Qoratog‘ daryosi namunalarida past o‘zgaruvchanlik darajasida ekanligi aniqlandi. Shuningdek, Iskandaria pardalis ning jag‘ mo‘ylov uzunliklari To‘palang daryosida yuqori o‘zgaruvchanlikni, Qoratog‘ daryosida esa o‘rtacha o‘zgaruvchanlikni namoyon etdi.</em></p>
chuchuk suv baliqlariendemik turlarAmudaryo havzasiIskandariamorfologiyaStyudent mezoni.freshwater fishendemic speciesAmy Darya basinIskandaria
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.