«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 1 (2025)
IJTIMOIY JARAYONLAR MODELLARI: INSON VA JAMIYAT O‘ZARO TA’SIRIGA FALSAFIY NAZAR
Abdusattarova, Sitora
Abstract
<p><em>Maqola zamonaviy ijtimoiy jarayonlar kontekstida inson, jamiyat va ijtimoiy modellar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni har tomonlama tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda ijtimoiy hodisalarni modellashtirish bilan bog‘liq falsafiy va huquqiy jihatlar hamda uning ijtimoiy tuzilmalar va dinamikani chuqur anglashdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Modellashtirishda qo‘llaniladigan asosiy nazariy yondashuvlar, ularning jamiyatdagi o‘zaro ta’sirlarni o‘rganishga ta’siri, shuningdek, ushbu modellarning ijtimoiy o‘zgarishlarni bashorat qilish uchun amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Modellashtirishning reallik va abstraksiya tushunchalari kabi falsafiy asoslariga, shuningdek, murakkab ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish va talqin qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi metamodellarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, modellashtirishning huquqiy jihatlari, shu jumladan ushbu jarayonlarni huquqiy tartibga solish va ularning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan.Ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish ijtimoiy voqelikni bilishning eng muhim vositasi hisoblanib, u nafaqat mavjud tendensiyalarni tushunish, balki mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bashorat qilish imkonini beradi, bu esa globallashuv va ijtimoiy o‘zaro ta’sirlarning dinamik rivojlanishi sharoitida dolzarb hisoblanadi.</em></p>
modellashtirishraqamlashtirishetikahuquqsun’iy intellektreallikmodelingdigitalizationethicslaw
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.