«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 1 (2025)
ASPERUGO PROCUMBENS O'SIMLIGI YER USTKI QISMINING KUL MIQDORI HAMDA MAKRO VA MIKROELEMENTLARI TAHLILI
Nosirova, Visola, Xo‘jayev, Vaxobjon
Abstract
<p><em>Asperugo procumbens</em><em> — dunyo bo‘ylab keng tarqalgan tibbiy o‘simlik bo'lib, O‘rta Sharqning an’anaviy tibbiyotida keng qo‘llaniladi, ammo hozirda Yevropa farmakopeyalarida e’tibordan chetda qolgan. Ushbu tadqiqotning maqsadi Asperugo procumbens o’simligini botanikada, an’anaviy tibbiyotda, fitokimyo va farmakologiyada zamonaviy ma’lumotlarga asoslangan holda batafsil ko’rib chiqishdir. Ushbu maqolada Asperugo procumbens o‘simligining umumiy botanik tavsifi, xalq tabobatida qo‘llanilishi, tarqalishi haqida ma’lumot berilgan. Asperugo procumbens o‘simligi yer ustki qismi tarkibidagi kul miqdori hamda makro va mikroelementlari tavsifi haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tilgan. O‘simlik haqida ilmiy adabiyotlar PubMed, Web of Science, Scopus, Google, Google Scholar kabi ochiq ma’lumotlar bazalaridan, shuningdek, monografiyalar va PhD dissertatsiyalaridan to‘plandi. Ilk bor O‘zbekiston hududida tarqalgan jumladan Farg’ona viloyati Dang‘ara tumani Oqjar qishlog‘idan terib kelingan o‘simlikning yer ustki qismi tahlil qilingan. Namuna yer ustki qismi tarkibida K, Ca, Fe, Mg, P, S kabi inson organizmi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan makro va mikroelementlar tashkil etishi aniqlandi. Umumiy kul miqdor esa o‘simlik bargida 12,54%, poyasida esa 13,24% ni tashkil etdi. Bu esa ushbu o‘simlikdan biologik faol oziq ovqat qo‘shimchalar tayyorlash mumkin ekanligini isbotlaydi.</em></p>
Asperugo procumbenskul miqdorimakro va mikroelementlarixalq tabobatiAsperugo procumbensash contentmacro microelementfolk medicine
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.