«FarDU­ ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 3 (2025)

INGLIZ TILI O‘RGANISHDA GAMIFIKATSIYA: MOTIVATSIYA VA FAOLLIKNI OSHIRISH

Usmonova, Dona

Read at source

Abstract

<p><em>Mazkur maqolada ingliz tilini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarni jalb qilishning muhim jihatlari, xususan, o‘yin dasturlari orqali tilni o‘zlashtirish masalalari o‘rganiladi. Hozirgi zamonaviy dunyoda ta’lim sohasida doimiy yangilanishlar sodir bo‘lib, bu holat xorijiy tillarni o‘rganish va yangi texnologiyalarni egallash uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shuningdek, “geymifikatsiya” kabi innovatsion yondashuv yosh avlodga yanada qulay sharoit yaratib, ta’lim jarayonini xilma-xil usullar orqali tashkil etish imkonini beradi. Bu esa bir xillikdan va tushunish qiyin bo‘lgan ko‘p miqdordagi axborotdan qochishga yordam beradi. O‘yin elementlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish psixologik to‘siqlarni yengishga ko‘maklashadi, mashg‘ulotlar davomida yuzaga keladigan xavotir va qo‘rquv darajasini kamaytiradi hamda ingliz tilini o‘rganishga doimiy qiziqish uyg‘otadi. O‘quvchilarning yangi tilni o‘zlashtirish jarayonida o‘yin shaklidagi mashg‘ulotlarga qiziqishi oshishi bugungi jamiyatning zamonaviy talablariga mos kelish va ta’lim tizimidagi so‘nggi yutuqlardan xabardor bo‘lish imkonini beradi. Bundan tashqari, o‘yin metodlari orqali amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantiradi, ularni jamoaviy faoliyatga jalb etadi va hamkorlikka asoslangan sog‘lom muhit yaratadi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘yin elementlari asosida tuzilgan mashg‘ulotlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish o‘quv materiallarini samarali o‘zlashtirishni ta’minlaydi, ijobiy motivatsiya shakllanishiga xizmat qiladi va xorijiy tillarni o‘qitish sohasidagi zamonaviy talablarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.</em></p>

SITa’limGeymifikatsiyaO‘yinlar orqali o‘qitishXorijiy tilni o‘rganishKommunikatsiyaTil to‘sig‘ini yengib o‘tishMuloqot ko‘nikmasini rivojlantirishAIEducation

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Usmonova, Dona (2025). INGLIZ TILI O‘RGANISHDA GAMIFIKATSIYA: MOTIVATSIYA VA FAOLLIKNI OSHIRISH. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 31(3).
GOST R 7.0.5
Usmonova, Dona INGLIZ TILI O‘RGANISHDA GAMIFIKATSIYA: MOTIVATSIYA VA FAOLLIKNI OSHIRISH // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2025. Т. 31. № 3.
BibTeX
@article{dona2025,
  author  = {Usmonova, Dona},
  title   = {INGLIZ TILI O‘RGANISHDA GAMIFIKATSIYA: MOTIVATSIYA VA FAOLLIKNI OSHIRISH},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2025},
  volume  = {31},
  number  = {3}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Usmonova, Dona
TI  - INGLIZ TILI O‘RGANISHDA GAMIFIKATSIYA: MOTIVATSIYA VA FAOLLIKNI OSHIRISH
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2025
VL  - 31
IS  - 3
ER  -