«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 3-son (2025)
NОDАVLАT TА’LIM MUАSSАSАLАRIDА TА’LIM ОLUVCHILАRNING HАYОTIY KО’NIKMАLАRINI ОSHIRISH KASBIY MUVVAFFAQIYAT ASOSIDIR
Zaylobidinova, Munira
Annotatsiya
<p>Xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini, o‘rganishning ahamiyati globallashuv va xalqaro integratsiya jarayoni tezlashib borayotgan bir sharoitda davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilgan muhim masala bo‘lib qolmoqda. Xalqaro muloqot, ilmiy texnikaviy hamkorlik va madaniy almashuvni rivojlantirishda xorijiy tillar asosiy vositalardan biri sifatida maydonga chiqmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan xorijiy tillarni o‘qitilishi va uni sifatini oshirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilingan. Xususan, “2021-yil, 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori [6] bu boradagi strategik ahamiyatni tasdiqlaydi va mamlakatning talim sohasida yangi bosqichdagi ilg‘or qadamini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan biri deb belgilandi. Xorijiy tilni o‘rgatish jarayonida kasbga yo‘naltirish o‘quvchilarni jahon bozor talablariga mos keladigan ko‘nikmalar bilan ta’minlash, ularning kasbiy ehtiyojlariga mos bilim va tajriba berish orqali amalga oshiriladi. Xorijiy til o‘qitish jarayonida kasbga oid terminologiyalarni o‘rgatish, amaliy vazifalar bilan ishlash va real hayotiy sharoitlarga mos mashg‘ulotlar o‘tkazish talabalarning raqobatdoshligini oshiradi.</p>
innovatsion metodologiyahаyоtiy kо‘nikmаlаrnоdаvlаt tа’lim muаssаsаlаrio‘quv mаrkаzlаrimilliy vа xаlqаrо imtihоnlаrkasbga yo‘naltirishkasbiy muvvafaqiyat.innovative methodslife skillsnon-governmental educational institutions
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.