«FarDU­ ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 3 (2025)

“TEMUR TUZUKLARI” HAMDA “BOBURNOMA”DA AN’ANA VA VORISIYLIK

Jurayev, Islom

Read at source

Abstract

<p>Mazkur maqolada Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyatida davlat boshqaruvi, qonunchilik va ma’naviy hayotda izchil yondashuvlar o‘z ifodasini topgani yoritiladi. “Temur tuzuklari” va “Boburnoma” asarlari tarixiy manba sifatida tahlil qilinib, ularning mazmunida davlat tashkiloti, axloqiy-me’yoriy qadriyatlar, adolatli boshqaruv tamoyillari ifodasi ko‘rsatib beriladi.  Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z davrining buyuk arboblari sifatida nafaqat siyosiy-harbiy faoliyatlari, balki adabiy-tarixiy asarlari orqali ham mustaqil fikr yurita olgan, o‘z qarashlarini xalq va davlat manfaatlariga yo‘naltira olgan shaxslar sifatida namoyon bo‘ladilar. Ularning asarlari davlat boshqaruvi, jamiyat hayotining axloqiy, huquqiy, diniy va ijtimoiy tamoyillarini o‘zida mujassam etgan nodir tarixiy yodgorliklardir. Ushbu asarlar nafaqat faktik ma’lumotlarga, balki mualliflarning shaxsiy kuzatuvlari, tahliliy qarashlari va tarixiy ongiga asoslangani bilan e’tiborga loyiqdir. Jumladan, Amir Temur tarixiy haqiqatni taqdim etish uchun voqealarni takror-takror tekshirgan, Bobur esa eshitgan voqealarini tasdiqlamaguncha yozmaslik prinsipiga amal qilgan. Har ikkala buyuk shaxsning asosiy maqsadi – kuchli, markazlashgan davlat tuzish, adolat asosida jamiyatni boshqarish bo‘lgan. Ularning ijtimoiy tengsizlikka qarshi qat’iy pozitsiyasi, qonun-qoidalarni yaratishdagi ijodiy yondashuvi, tarixiy xotirani saqlashdagi fidoyiligi, shubhasiz, bugungi avlod uchun ham g‘oyaviy-ilmiy o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi.</p>

Kalit so‘zlar: Oilaviy-maishiy muammolarijtimoiy-siyosiy hodisalarvorislikan’anaaxloqiy-me’yoriy qadriyatlarKeywords: Family and domestic issuessocio-political phenomenacontinuitytraditionmoral and normative values

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Jurayev, Islom (2025). “TEMUR TUZUKLARI” HAMDA “BOBURNOMA”DA AN’ANA VA VORISIYLIK. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 31(3).
GOST R 7.0.5
Jurayev, Islom “TEMUR TUZUKLARI” HAMDA “BOBURNOMA”DA AN’ANA VA VORISIYLIK // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2025. Т. 31. № 3.
BibTeX
@article{islom2025,
  author  = {Jurayev, Islom},
  title   = {“TEMUR TUZUKLARI” HAMDA “BOBURNOMA”DA AN’ANA VA VORISIYLIK},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2025},
  volume  = {31},
  number  = {3}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Jurayev, Islom
TI  - “TEMUR TUZUKLARI” HAMDA “BOBURNOMA”DA AN’ANA VA VORISIYLIK
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2025
VL  - 31
IS  - 3
ER  -