«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 31 № 2 (2025)
FORS-TOJIK MUMTOZ POETIKASIDA TASHXIS SAN’ATINING E’TIROF ETILISHIGA DOIR MUAMMOLAR
Kayumov, Nodir
Аннотатсия
<p>Tashxis sanʼati badiiy adabiyotning dastlabki qadimiy vositalaridan biri hisoblanadi. lekin oʻrta asrlar fors-tojik sheʼrshunosligida u olimlar nazaridan chetda qolgan, mavjud imiy risolalarda esa bu sanʼatning barcha qirralari emas, faqatgina ba’zi xususiyatlari oʻrganilgan. Garchi tashxis san’atining namunalari qadimgi mifologiya, xalq og‘zaki adabiyoti, eron xalqlari yozma manbalari va adabiyotida, mumtoz fors-tojik she’riyatida keng qo‘llanilgan bo‘lsa-da, oʻrta asrlar she’rshunosligi uni alohida she’riy san’at turi sifatida e’tirof etmagan. Mumtoz fors-tojik poetikasida tashxis san’ati mustaqil she’riy san’at sifatida emas, balki istiora va tashbih san’ati doirasida oʻrganilgan. Tashxis oʻzining nazariy xususiyatlari va muhim mazmuniga koʻra, ko‘p hollarda o‘zining shakl va tuzilishi bilan istiora va tashbih san’ati doirasiga sig‘maydi va asosan, alohida she’riy san’at sifatida ko‘zga tashlanadi. Maqolada tashxisning nazariy xususiyatlari, uning istora va tashbih san’atidan mustaqilligi, shuningdek, bu boradagi fors-tojik she’rshunoslarining qarashlari muhokama qilinadi.</p>
san’atbadiiyattashxisistioratashbihshe’rshunoslikfors-tojiknazariyamustaqil.art
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.