«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 31 № 2 (2025)
ACHILLEA MELLIFOLIUM L. O‘SIMLIGINING FITOKIMYOVIY TARKIBI VA XALQ TABOBATIDA QO‘LLANILISHI
Tugizova, Iqbol
Аннотатсия
<p>Mazkur tahliliy maqola <em>Achillea millefolium</em> o‘simligining fitokimyoviy tarkibi va xalq tabobatida qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. O‘simlikning kimyoviy tarkibida flavonoidlar, alkaloidlar, efir moylari, taninlar, kumarinlar va seskviterpenlar kabi biologik faol moddalar mavjudligi aniqlangan. Ushbu moddalar <em>A. millefolium</em> o‘simligidan tibbiyotda yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni kamaytiruvchi, antibakterial, antifungal va antioksidant xususiyatli vosita sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Tahliliy maqolada o‘simlikning xalq tabobatidagi qo‘llanilishi, jumladan qon ketishini to‘xtatish, oshqozon-ichak muammolarini bartaraf etish, asab tizimi kasalliklarini yengillashtirish va nafas yo‘llari kasalliklarida samarali vosita sifatida qo‘llanishi haqida batafsil ma’lumot keltirilgan. Ma’lumotlar <em>A. millefolium</em> o‘simligining dorivor ahamiyatini ta’kidlab, uni kelajakda yanada chuqur o‘rganish va klinik tadqiqotlar asosida yangi davolash usullarini ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.</p>
Kalit so‘zlar: Achillea mellifoliumflavonoidlarkumarinlarantioksidant ta’sir
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.