«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 2 (2025)
ACHILLEA L. TURKUMIGA MANSUB AYRIM DORIVOR TURLAR TAHLILI
Tugizova, Iqbol
Abstract
<p>Achillea turkumiga mansub asosiy turlar turli ekologik muhitlarda o‘sadi va terapevtik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu tahliliy maqolada <em>A. filipendulina, A. millefolium, A. grandifolia </em>va<em> A. wilhelmsii</em> turlarining morfologik xususiyatlari, fitokimyoviy tarkibi, xalq tabobati va tibbiyotda qo’llanilishi haqida ma’lumotlar berilgan. Bu o‘simliklar tarkibida efir moylari, flavonoidlar, seskviterpenlar, monoterpenlar kabi biologik faol birikmalar aniqlangan. Ushbu biologik faol moddalar turli tadqiqotlarda o‘simliklarning turli organlaridan ajratib olingan va tibbiyotda kasalliklarni davolash maqsadida qo‘llanilib kelinmoqda. <em>A. filipendulina</em> yallig‘lanishga qarshi va antiseptik xususiyatlari bilan ajralib tursa, <em>A. millefolium</em> oshqozon-ichak kasalliklarida samarali hisoblanadi. Bugungi kunda bu o‘simlik kosmetika sanoatida terini oqartiruvchi, namlovchi va tozalovchi vosita sifatida ham keng miqyosda qo‘llanilmoqda. <em>A. grandifolia</em> esa asosan oshqozon-ichak kasalliklari davosida ishlatiladi. <em>A. wilhelmsii</em> qorin og‘rig‘i, qandli diabet va semizlikka qarshi mahalliy tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Achillea L. turkumining kimyoviy tarkibini yanada chuqurroq o‘rganish va ularning dorivor xususiyatlarini klinik tadqiqotlar orqali tasdiqlash zarur.</p>
A. filipendulinaA. millefoliumA. grandifoliaA. wilhelmsiigaz-xramatografiyaA. filipendulinaA. millefoliumA. grandifoliaA. wilhelmsiigas chromatography.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.