«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 2-son (2025)
AS-RAZZOQ OZIQ-OVQAT QO‘SHILMASIDAGI SUVDA ERUVCHAN VITAMINLAR MIQDORI TAHLILI
Asqarov, Ibrohim
Annotatsiya
<p>Mahalliy dorivor o‘simliklar, xususan, na’matak (<em>Rosa canina L.</em>) va qizilmiya (<em>Glycyrrhiza glabra L.</em>) suvli ekstraktlaridagi vitamin tarkibi eksperimental tarzda o‘rganildi. Ekstraktlardagi vitamin miqdorini aniqlash uchun turli standartlardan foydalanilgan: Rhydburg Pharmaceuticals (Germaniya) dan B<sub>12</sub> vitamini, Carl Roth GmbH (Germaniya) dan C vitamini, DSM Nutritional Products GmbH (Germaniya) dan B<sub>9</sub> vitamini va B<sub>1</sub>, B<sub>2</sub> vitaminlari, BLDPharm (Xitoy) dan B<sub>3</sub>, B<sub>6</sub> va PP. Suv, asetonitril, kimyoviy toza sirka kislotasi va natriy gidroksid kabi HPLC toifali reagentlar ham ishlatilgan. Vitaminlar LC-40 Nexera Lite (Shimadzu, Yaponiya) yuqori samarali suyuq xromatografi yordamida tahlil qilindi. Suvli ekstrakti 75:25 nisbatda na’matak mevalari (<em>Rosa canina L.</em>) va qizilmiya ildizlari (<em>Glycyrrhiza glabra L.</em>) aralashmasidan tayyorlangan. Ushbu ekstrakt vitaminlarga boy ekanligi aniqlandi. Uning foydali kimyoviy tarkibiga asoslanib, immunitetni mustahkamlash, yuqori nafas yo'llari kasalliklarini davolash va balg'amni yumshatishda foydalanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.</p>
Rosa canina L.Glycyrrhiza glabra L.vitaminYuSSXvitamin CimmunostimulyatorRosa canina L.Glycyrrhiza glabra L.vitaminHPLC
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.