«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 2-сан (2025)
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “IRONIYA” IFODALASH MEXANIZMLARI QIYOSIY SEMANTIK TADQIQI
Abduqodirova, Madina
Аннотация
<p>Ironiya ko‘plab tillarda, jumladan ingliz va o‘zbek tillarida muhim lingvistik va madaniy xususiyat hisoblanadi. U ko‘pincha bevosita ma’nolarga qarama-qarshi bo‘lgan ma’nolarni ifodalovchi dolzarb kommunikatsiya shakli sifatida ishlatiladi. Ironiya pragmatika, semantika va diskurs tahlili doirasida keng o‘rganilgan bo‘lsa-da, ingliz va o‘zbek tillarida uning qanday ifodalanishi bo‘yicha taqqoslash tadqiqotlari hali ham yetishmayapti. Har ikki tilda ham ironiyaning riyotorik va kommunikativ vosita sifatida ishlatilishi mavjud bo‘lsa-da, uning strukturaviy shakllanishi, qabul qilinishi va talqin qilinishi lingvistik va madaniy farqlar tufayli sezilarli darajada farq qiladi. Bu sohada taqqoslash tadqiqotlarining kamligi, ushbu tillarda ironiyaning qanday mexanizmlar orqali amalga oshirilishini o‘rganish bo‘yicha bilim bo‘shliqlariga olib kelmoqda. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida ironiyaning semantik va pragmatik mexanizmlarini tahlil qilamiz va ingliz va o‘zbek adabiyotlaridagi ironik ifodalardagi o‘xshashliklar va farqlarni aniqlaymiz. Ushbu maqola, ingliz va o‘zbek tillaridagi ironiyaning o‘ziga xos va umumiy jihatlarini yanada chuqurroq tushunishni taklif etib, taqqoslash tilshunosligi sohasiga qimmatli hissa qo‘shadi. Natijalar lingvistlar, tarjimonlar va til o‘rganuvchilari uchun ironiyaning madaniyalararo kommunikatsiyadagi funksiyalarini anglashda foydali bo‘lishi mumkin.</p>
Kalit so‘zlar: Ironiyaning tasviriy tahliliironiyaning taqqoslash tahliliironiyaning korpus tahliliGraysGibbsQodirovning nuqtai nazariSaid Ahmadning fikriironiyani ifodalash mexanizmlariSperber va Uilsonning nazariyasi.Key words: Descriptive Analysis of irony
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.