«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 2-сан (2025)
METAL OKSID ZARRACHALARINI SAQLAGAN FUNKSIONAL POLIMER KOMPLEKSINING OLINISHI VA UNING SPEKTROSKOPIK TAHLILI
Abdujalilov, Ilkhomjon
Аннотация
<p>Rux oksidi (ZnO) nanozarrachalari o‘zining yuqori fotokatalitik faolligi, zaharli bo‘lmagan tabiati va ko‘p qirrali qo‘llanilishi tufayli materialshunoslikda muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda ZnO nanozarrachalari mahalliy xom ashyodan olingan PPE-1 polimer anioniti sirtida uch xil usul – cho‘ktirish, zol-gel va yashil sintez yordamida sintez qilindi. Sintez jarayonlari ZnO ning polimer bilan integratsiyasini ta’minlashga qaratildi, bu esa yangi funksional xususiyatlarga ega nanokompozitlar yaratish imkonini berdi. Olingan ZnO/PPE-1 nanokompozitlari infraqizil (IQ) va Raman spektroskopiyasi yordamida xarakterlandi. IQ spektrlarida Zn-O bog‘lariga xos 423-525 sm⁻¹ chastotalar aniqlandi, Raman tahlillari esa polimerdagi amin guruhlari bilan ZnO o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni tasdiqladi. Ushbu natijalar ZnO nanozarrachalarining polimer sirtida muvaffaqiyatli hosil bo‘lganligini ko‘rsatdi. Tadqiqot ZnO/PPE-1 nanokompozitining fotokatalitik tozalash, xususan, organik ifloslantiruvchilarni fotokatalitik parchalashda qo‘llanilishi mumkinligini ta’kidladi. Ishning amaliy ahamiyati suvni tozalash texnologiyalarida samarali materiallar ishlab chiqarishga xizmat qiladi.</p>
PPE-1 anionitiZnO nanozarrachasiCho‘ktirish usuliZol-gelYashil sintezIQ va Raman spektroskopiyaPPE-1 anion exchange resinZnO nanoparticlePrecipitation methodSol-gel
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.