«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 31 № 2 (2025)
“QUTADG‘U BILIG” ISTIORALARINING POETIK O‘ZIGA XOSLIKLARI XUSUSIDA CHUQUR MULOHAZA
Ibragimov, Jasurbek
Аннотатсия
<p>Ushbu ilmiy maqola ilk turkiy yozma adabiyot na’munasi hisoblangan “Qutadg‘u bilig” asarining “badiiy san’atlar gultoji” hisoblanadigan istioraning ifodalanishi va ular mutarjimlar tomonidan qanday amalga oshirilganligini baholash yuzasidan amalga oshirilgan. Asosiy maqsad tarjimonlar Volter Mey hamda Robert Denkof tomonidan amalga oshirilgan inglizcha tarjimalar orqali Yusuf Xos Hojibning o‘ziga xos poetik mahoratini qanday baholanganligi aniqlash. Ushbu maqsadga erishish uchun “Qutadg‘u bilig” asliyatida aniqlangan metaforalar avvalo o‘zbekcha tadbildagi ifodasi bilan o‘zaro qiyosan tahlilga tortildi va inglizcha tarjimalar bilan ham o‘rganib chiqildi. Avvalo, tarjimashunoslik sharqda yartilgan manbaning boshqa g‘arb tiliga qilingan o‘girmasi bilan solishtirish o‘zining murakkablik doirasidan o‘zining bor bo‘y bastini doimo ko‘rsata olgan. Qolaversa, bu murakkablik metaforaning tarjimadagi ifodasi yuzasidan ketganda esa tadqiqot ishining dolzarbligi hamda zaruratini yanada ochiq namoyon qiladi. Ana shunday murakkabliklarni tarjimonlar tomonidan hal qilingan yoki yo‘qligini aniqlash maqolada belgilab olingan dolzarb masalalardan biri. Tadqiqot natijasida tarjimonlar metafora ifodasida so‘zma-so‘z tarjima, ma’no oddiy ifoda qilish va bazi o‘rinlarda metafora turshurib qoldirganligi ayon bo‘ldi. Ayniqsa, bu holat V.Meyning she’riy tarjimasida ko‘p kuzatiladi. O‘zbekcha she’riy usuldagi tabdil va R.Denkofning ingliz tilidagi nasriy tarjimalarda esa, metafora ifodasi muvaffaqiyatli amalga oshirilganigi aniqlandi.</p>
istioratashbehrealiyabadiiy san’atpoetikatarjimaasliyat.metaphorcomparisonlacuna
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.