«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 2-нөмір (2025)
DIALOGIK NUTQ VA UNING BIRLIKLARI
Mehmonova, Ozoda
Аңдатпа
<p>Ushbu maqolada dialogik nutq, uning tarkibiy birliklari va nutqiy akt tushunchasi tahlil qilingan. Maqolada so’zlovchining kommunikativ maqsadini ifodalovchi intensional tahlil hodisasi ham namunalar asosida tadqiq etildi. Bundan tashqari nutqiy birliklarning asosini tashkil etuvchi lokutiv, perlokutiv va illokutiv aktning muloqot jarayonidagi o’rni ingliz va o’zbek tilidagi dialogik nutq namunalarini tahlil qilish orqali izohlab berilgan. Yuqorida sanalgan aktlar nutqiy vaziyatning aynan qaysi nuqtasida namoyon bo’lishi va bunda so’zlovchining muloqotdan ko’zlangan ichki maqsadi qanday rol o’ynashi bayon etilgan. Shu bilan birga performativ formulada ya’ni so’zlovchi niyatining ochiq ifodalanish jarayonida ohang, so’z tartibi va mayl eng asosiy ifoda vositalari ekanligi aniqlangan. Nutqiy birliklarning struktura jihatidan tuzilishi va ifoda etayotgan kommunikativ ma’no jihatidan nutqiy aktlar vositali yoki vositasiz kabi ikki guruhga bo’linishi aniqlandi va namunalar yordamida qiyoslandi. Maqolada dialog shakl jihatidan ham tahlil qilingan va uning asosiy bo’lagi hisoblanmish replikalar haqida ma’lumot keltirilgan. Replikalar stimulus va reaksiya qismlariga ajratilishi va bunda qo’llaniladigan lisoniy birliklar turlicha bo’lishi aniqlangan.</p> <p> </p>
dialogik nutqlokutiv aktillokutiv aktperlokutiv aktnutq birliklarireplikaperformative formulareplika-reaksiyareplika-stimulus.dialogic speech
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.