«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 2-son (2025)
LIMONIUM OTOLEPIS ILDIZ PO‘STLOG‘IDAGI KONDENSIRLANGAN TANNINLARNING MIQDORIY VA SPEKTROSKOPIK TAHLILI
Urmonov, Dadahon
Annotatsiya
<p>Ushbu tadqiqot <em>Limonium otolepis </em>ildiz po‘stlog‘ining kimyoviy tarkibini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, uning polifenollar bilan boyligi aniqlandi. Stiasniy soni orqali kondensirlangan tanninlar miqdoriy tahlil qilindi, uning qiymati etanol ekstrakti uchun 49,5% va suv ekstrakti uchun 26% ni tashkil etdi. Olingan infraqizil (IQ) spektroskopik tahlil natijalari va ularni adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan solishtirish orqali ildiz po‘stlog‘ida asosan kondensirlangan tanninlar mavjudligi aniqlandi. Natijalar <em>L. otolepis</em> ildiz po‘stlog‘ining tabiiy polifenol manbai sifatida ahamiyatli ekanligini ko‘rsatib, uning farmatsevtika, oziq-ovqat texnologiyalari va sanoatda qo‘llanilishi mumkinligini tasdiqlaydi. Ushbu tadqiqotda <em>L. otolepis</em> ildizi kimyoviy tarkibi ilk bor tahlil qilingan bo‘lib, kelajakdagi boshqa tadqiqotlari uchun ilmiy asos yaratadi.</p>
Limonium otolepisekstraksiyapolifenollarkondensirlangan tanninlarinfraqizil spektroskopiyaLimonium otolepisextractionpolyphenolscondensed tanninsinfrared spectroscopy
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.