«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 2-сан (2025)
LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK NUQTAYI NAZARIDAN NOSTALGIK LEKSIK BIRLIKLARNING TAHLILI
Beknazarova, Nigina
Аннотация
<p>Ushbu maqolada nostalgik leksik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Nostalgiyaning lingvistik ifodalanishi milliy xotira, madaniy meros va shaxsiy tajribalar bilan bog‘liq bo‘lib, turli tillarda o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘ladi. Tadqiqot davomida o‘zbek va ingliz tillarida nostalgiya bilan bog‘liq leksik birliklarning semantik va pragmatik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning milliy identifikatsiya va madaniy kodlashuvdagi roli ochib beriladi. O‘zbek tilida nostalgik birliklar asosan jamoaviy xotira va madaniy qadriyatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, ingliz tilida ular individual tajribalar va shaxsiy kechinmalarga asoslangan. Maqolada lingvomadaniyatshunoslik, semantik tahlil va qiyosiy tilshunoslik usullari asosida nostalgiya fenomenining til tizimidagi namoyon bo‘lishi tadqiq etilgan.</p>
Kalit so‘zlar: nostalgiyanostalgik leksik birliklarlingvomadaniyatshunosliksemantik tahlilmadaniy kodlashuvmilliy xotiraindividualizmjamoaviy xotiraleksik birliklarqiyosiy tahlil.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.