«FarDU ilmiy xabarlari» Том 31 № 2 (2025)
UCHINCHI TARTIBLI GIPERBOLIK TENGLAMA UCHUN KOSHI MASALASI
Abdumo'minova, Shaxlo
Аннотация

Ushbu maqolada chiziqli bo‘lmagan akustika nazariyasi, plazmaning gidrodinamika nazariyasi, g‘ovakli muhitlarda suyuqliklarni filtralash masalalari va boshqa ko‘plab amaliy masalalar ko‘pincha uchinchi tartibli kichik hadlar qatnashgan differensial tenglamalar uchun chegaraviy masalalarga keltiriladi. Bundan ko‘rinadiki, uchinchi tartibli kichik hadlar qatnashgan differensial tenglama uchun chegaraviy masalalar yechish yuqoridagi amaliy masalalarni tahlillari va xususiyatlari to‘g‘risida to‘liq tasavvurni ta’minlagan holda xususiy hosilali differensial tenglamalar nazariyasining dolzarb yo‘nalishlaridan biri sifatida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek ko‘plab amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar, jumladan, g‘ovak muhitlarda suyuqlik filtratsiyasi jarayonlari ko‘p qatlamli muhitlarda erkin sirtli yer osti suvlarining harakati va boshqalar, uchinchi tartibli differensial tenglamalar uchun chegaraviy masalalarni o‘rganishga olib keladi.

T.D.Juraev va A.Popeleklarni maqolasida uchinchi tartibli differensial tenglamalarning to‘liq sinflash va kanonik ko‘rinishga keltirish bayon etilgan.

Uchinchi va yuqori tartibli psevdoparabolik tenglamalar uchun masalalar ishlarda o‘rganilgan. Singuliyar Bessel operatori qatnashgan uchinchi tartibli differensial tenglamalar uchun masalalar.

Ushbu maqolada bir jinsli bo‘lmagan uchinchi tartibli giperbolik model tenglama uchun Koshi masalasi o‘rganilgan.

uchinchi tartibli giperbolik tenglamaKoshi masalasiklassik yechimxarakteristikalar usulifundamental yechimRiman funksiyasiDyuamel printsipi
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.