«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 31 № 2 (2025)
ENVIRONMENTAL IMPACT OF WATER RESERVOS IN THE MIDDLE ZARAFSHAN BASIN IN THE ERA OF GLOBAL CLIMATE CHANGE.
Abdurayimova, Oytula
Аннотатсия
<p>Global iqlim o'zgarishi yer yuzi bo‘ylab suv va suv resurslariga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatib, bu suvning mavjudligi, sifati va taqsimotida o‘z ifodasini topmoqda. O'zgaruvchan iqlim shakllari ya’ni, yog'ingarchilikning o'zgarishi, haroratning ko'tarilishi hamda ekstremal ob-havo hodisalari gidrologik siklni buzadi va suv resurslarini boshqarishda bir qancha qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Bu ta'sirlar keng qamrovli va xilma-xil hisoblanib asosan ekotizimlarga, qishloq xo'jaligiga, inson salomatligiga va iqtisodiy rivojlanishga ta'sir qiladi. Ushbu o'zgarishlarga moslashish va suv resurslarini barqaror boshqarishni ta'minlash va suv tanqisligi xavfini yumshatish maqsadida O‘rta Zarafshon havzasida bir qancha suv omborlari qurilgan. Ularning eng asosiylari Kattaqo‘rg‘on va Oqdaryo suv omborlari hisoblanadi. Tusinsoy, Qoratepa, Sobirsoy kabi kichik suv omborlar va Omondara, Muminobod kabi past bosimli suv omborlari mavjud. O‘rta Zarafshon havzasidagi bu suv omborlarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati benihoya katta hisoblanadi. Ushbu maqolada havzada joylashgan suv omborlarining atrof-muhitga ta’siri, suv bosgan va zax bosgan maydonlarning hosil bo‘lishi, suv ombori ta’sirida bo‘lgan aholi va xalq xo‘jaligi obyektlariga ta’siri keng yoritilgan. Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on va Oqdaryo suv omborlarining ko‘p yillik suv sarfi va kirimi tahlil qilingan.</p>
Kalit so‘zlar: IqlimharoratZarafshon daryosisuv omboritahlilKattaqo‘rg‘onOqdaryo suv omborlariqishloq xo‘jaligi Ключевые слова: Климаттемпературарека Зарафшан
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.