«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 31 № 1 (2025)
S-8286 G‘O‘ZA NAVINI EGATLAB VA TOMCHILATIB SUG‘ORISH ME’YORLARI
Avliyakulov, Mirzoolim
Аннотатсия
<p>Ushbu maqolada Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida tomchilatib va egatlab sug‘orish texnologiyalarida an’anaviy va suvda eruvchan o‘g‘itlarning o‘rta tolali S-8286 g‘o‘za navini sug‘orish me’yorlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasida yangi turdagi azot, fosfor, kaliy va mikroelementlar tutgan mineral o‘g‘itlarning yillik N-200, P-140, K-100; N-150, P-105, K-75 kg/ga me’yorlari fazalar bo‘yicha har bir sug‘orishda bo‘lib-bo‘lib jami 6-7 marotaba qo‘llanilgan. Turli sug‘orish texnologiyalarida sug‘orish muddatlari, soni, tizimi, davomiyligi, sug‘orish me’yori va mavsumiy sug‘orish me’yorlari aniqlanganida, egatlab sug‘orish tizimida mavsum davomida 1-3-1 tizimda jami 5 marta sug‘orilib, mavsumiy sug‘orish me’yori 4882 m<sup>3</sup> ni, sug‘orish davomiyliklari 15 soatdan 20 soatgacha, sug‘orish oraliqlari 19 kundan 23 kungacha o‘zgarib turganligi aniqlandi. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasida esa mavsum davomida 1-(2)3-5-2 tizimda 10-11 marotaba sug‘orilib, mavsumiy sug‘orish me’yori 2675 m<sup>3</sup> ni tashkil etdi. Bunda egatlabga nisbatan 45,2 % suv tejalganligi aniqlandi. Sug‘orish davomiyliklari 7 soatdan 11 soatgacha, sug‘orish oraliqlari 8 kundan 11 kungacha o‘zgarib turganligi aniqlandi.</p>
o‘rta tolali S-8286 g‘o‘za navitomchilatib va egatlab sug‘orishmineral o‘g‘itlarsug‘orish me’yorlari.upland cotton variety S-8286drip and furrow irrigationmineral fertilizersirrigation rates.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.