«FarDU ilmiy xabarlari» 31-tom 1-san (2025)
KIBERXAVFSIZLIKNING DAVLAT SIYOSAT DARAJASIGA KO‘TARILISHI: ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA STRATEGIYALAR
Shokirov, Boburjon
Annotaciya
<p>Raqamli asrda kiberxavfsizlik nafaqat texnik masala, balki milliy xavfsizlikning muhim jihatiga aylanib bormoqda. Har yili kiberhujumlarning soni ortib, ularning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari ham jiddiylashib bormoqda. Ushbu maqolada kiberxavfsizlikning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishining zarurligi, zamonaviy tahdidlar va ularning turlari, jumladan ransomware hujumlari, sun’iy intellekt asosida avtomatlashtirilgan tajovuzlar va ta’minot zanjiri xavfsizligiga doir masalalar atroflicha ko'rib chiqiladi. Shuningdek, Zero Trust arxitekturasi, sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish vositalaridan foydalanish kabi zamonaviy strategik yondashuvlar tahlil qilinib, ularning samaradorligi baholanadi. Maqolada xalqaro tajribalar bilan bir qatorda milliy kiberxavfsizlik siyosatining shakllanish bosqichlari va amaliyotdagi kamchiliklar ham yoritib berilgan. Fuqarolar, xususiy sektor va davlat tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, texnologik rivojlanish va samarali siyosat orqali barqaror kiberxavfsizlik tizimini yaratish zarurligi asosiy e’tiborda bo‘lgan. Ushbu tadqiqot orqali mamlakatlar kiberxavfsizlik tahdidlariga qarshi tizimli yondashuvlar ishlab chiqishda nazariy va amaliy asos yaratishga harakat qilinadi.</p>
Kalit so’zlar: Internetransomwareijtimoiy tarmoqshaxsiy ma’lumotlarsun’iy intellektveb-saytantiviruselektron pochtakiberxavfsizlikKalit so’zlar: Internet
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.