«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 1 (2025)
TEMIR ASOSIDA METALL−ORGANIK ADSORBENTLAR OLISHNING SAMARALI USULLARI (ADABIYOTLAR TAXLILI)
Karabayeva, Muslima
Abstract
<p>Ekologik muammo insoniyat oldida turgan hozirgi kundagi asosiy muammodir. Turli xildagi ishlab chiqarishlar sanoatining jadal rivojlanishi bilan organik va noorganik ifloslantiruvchi moddalarni o'z ichiga olgan zaharli oqava suvlarning ko'p miqdorda doimiy ravishda hosil bo’lishi ham odamlarga, ham atrof-muhitga jiddiy zarar etkazmoqda. Shu sababli, oqava suvlarni tozalashning samarali usullarini tadqiq qilish bugungi kunga kelib dunyo olimlarining oldidagi dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishi ham bejiz emas.</p> <p>Ushbu maqolada, keltirilgan faktlarga tayanib metall-organik panjaralar sintezi bo’yicha so’nggi yillardagi manbalarning taxlili yoritilgan va 3 turdagi (Fe-BTC- iron- 1,3,5-benzenetricarboxylate- framework, MOP-235- <a href="https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1944398624004260">Iron terephthalate metal-organic framework</a>, CHCFe -coconut husk-clay-ferrate composite) temir va organik moddalar asosida adsorbentlarni sintez qilish jarayonlari o’rganilib bayon qilingan. Adsorbentlarni olish jarayonining xom ashyosi, parametrlari, bosqichlari haqida ma’lumot berilgan. Ushbu tadqiqotlar, kelajakda ekologik toza va samarali adsorbentlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi va atrof-muhit muhofazasi sohasida yangi yutuqlarga olib kelishi kutilmoqda.</p>
metal- organik panjaraadsorbsiyafazaaralashmamaydalashquritishmetal-organic frameworkadsorptionphasemixture
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.