«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 6 (2024)
ISLOM TA’LIMOTI ASOSIDA SHAKLLANGAN DINIY BARQAROR BIRIKMALAR
Xudoynazarova, Uglanoy
Abstract
<p>Mazkur maqola tilshunoslikda diniy barqaror birikmalarning shakllanishida islom taʼlimotining ahamiyati jihatlari haqida bo‘lib, unda asosan o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan muqaddas Qur’oni karim hamda hadis ilmiga tegishli bo‘lgan diniy birliklarning mazmun-mohiyati haqida so‘z borgan. Shuningdek unda diniy tilshunoslikning tarmoqlari bo‘lmish religiolingvistika, hadisshunoslik yo‘nalishlariga ahamiyat qaratilib, ushbu turdagi terminologik sohaning semantik o‘ziga xosliklari haqida ham maʼlumot berilgan. Maqola tadqiqoti diniy terminologiya tizimini o‘rganishni semantik jihatdan olib borishga qaratilgan bo‘lib, uning predmeti diniy barqaror birikmalar hisoblanmish maqol, matal, idiomalar, iboralarni semantik va etimologik, lingvokulturologik xususiyatlarini keng yoritishni o‘z oldiga maqsad qiladi va ularning qo‘llanilish o‘rnini aniqlashtiradi. Shu bilan birga ularning o‘xshash va farqli tomonlari, ilmiylik jihatlari, o‘zga fan sohalari bilan beevosita aloqasi, ular anglatgan milliy, madaniy, ma’naviy, e’tiqodiy tushunchalar, ushbu birliklarning asl maʼnosi va ko‘chma maʼnoda kelish holatlari ochib beriladi. Diniy barqaror birliklar – yaxlit bir butunlikni ta’minlovchi so‘z birikmasi, gap ko‘rinishidagi ko‘chma maʼnoli diniy lingvistik birliklardir. Diniy barqaror birikma tushunchasi ustida juda ko‘p baxs-munozaralar mavjud bo‘lib, dunyo lingvistlari bu borada qator mulohazalarni taqdim etadilar. Ushbu mulohazalarni yanada ochiqlash uchun jahon va mahalliy tilshunoslarning ilmiy qarashlariga murojaat etildi.</p>
islom taʼlimotireligiolingvistikahadisshunoslikmafkuraeʼtiqodiy qarashdiniy barqaror birlik.Islamic teachingreligiolinguisticshadith studiesideology
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.